21/12/2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan O‘zbekistonning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan statistik to‘plam nashr etildi.  To‘plamda respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida sodir boʻlayotgan hodisa va jarayonlar 2013-2022-yillar dinamikasida aks ettirilgan.  Yilnomada yalpi ichki mahsulot, moliya, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aholi, uning bandligi, daromadlari, ta’lim darajasi, kasallanish darajasi, uy-joy bilan ta’minlanishi, uy-joy fondini yaxshilash, sanoat, investitsiya, tovar va xizmatlar bozori haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.