O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan farmonlar va qarorlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022- yil 18- yanvardagi 1- son buyrug‘i bilan “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi” (DBIBT) idoraviy statistik ma’lumotnomasiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Yangilangan DBIBT ma’lumotnomasi bilan Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy sayti orqali quyidagi manzilda tanishish mumkin https://stat.uz/uz/interaktiv-xizmatlar/statistik-klassifikasiyalar.