Sizni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2021- yil 20- avgust kuni soat 14:00da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi yangi qonunining mazmun-mohiyati, ahamiyati, qonun bilan amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarish va tushunchalar” mavzusida tashkil etiladigan matbuot anjumanida ishtirok etish uchun taklif etamiz! Agar Sizda mazkur mavzu yuzasidan batafsil ma`lumotga ega bo`lish hamda qo`mita faoliyatiga doir o`zingizni qiziqtirgan savollar bo`lsa, unda marhamat. Biz Siz bilan doimo muloqot qilishga tayyormiz. Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
Davlat statistika qo`mitasi Matbuot xizmati