Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish hamda Milliy statistika qo‘mitasi uchun istiqboldagi kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi” tanlovi e’lon qilinadi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan, statistika, iqtisodiyot, moliya, axborot texnologiyalari hamda ma’lumotlar ilmi va tahlili (Data Science & Analytics) yo‘nalishlarida o‘qiyotgan:
- bakalavriat 3–4-bosqich talabalari;
- magistratura bosqichi talabalari.
Tanlov bosqichlari
Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich – Hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish (saralash bosqichi).
2-bosqich – Nazariy bilimlarni baholash testlari (statistika, iqtisodiyot, matematika, analitik fikrlash, IQ, ingliz tili).
3-bosqich – Tanlov komissiyasi a’zolari bilan suhbat.
1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan bog‘laniladi va
2-bosqichga taklif etiladi.
Nomzodlar hujjatlarni faqat PDF shaklida 2026-yil 15-fevral kuni soat 18:00 gacha quyidagi e-mail manziliga yuborishlari lozim:
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
- Ma’lumotnoma (CV, bog‘lanish uchun aloqa ma’lumotlari ko‘rsatilgan holda);
- Rag‘bat xati (Motivation letter);
- Akademik reyting ko‘rsatkichlari (akademik ma’lumotnoma);
- Xorijiy tillarni bilish bo‘yicha hujjatlar (mavjud bo‘lsa);
- Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hujjatlar (mavjud bo‘lsa);
- Erishilgan yutuqlar va ijtimoiy faollik bo‘yicha ma’lumot hamda tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa).
G‘oliblar va stipendiya
Tanlov natijalariga ko‘ra 10 nafar g‘olib aniqlanadi va ularga 2025-2026 o‘quv yilining ikkinchi yarmi (fevral-iyun) davomida BHMning 3 barobariga teng stipendiya to‘lanadi.
Qo‘shimcha savollar bo‘yicha: +998712038000 (ichki raqam: 1531)
Eslatma: Tanlovning to‘liq shartlari, bosqichlar va baholash mezonlari Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi nizomida batafsil keltirilgan (tanishish tavsiya etiladi).


