Statistika agentligi tomonidan “2023- yil uchun Statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturi”ga muvofiq har haftaning seshanba va chorshanba kunlari tashkil etiladigan narxlar kuzatuvlari 28- iyun “Qurbon Hayiti” bayrami munosabati bilan belgilangan dam olish kunlariga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kuzatuvlar 2023- yilning 26-27- iyun kunlariga ko‘chirilganligini ma’lum qilamiz.