2025-yilning 30-sentabr kuni soat 15:00 da Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Matbuot anjumanida quyidagi masalalar bo‘yicha axborot beriladi:

– Farmonning asosiy maqsad va vazifalari;

– Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining ahamiyati va amalga oshirish bosqichlari.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar! Marhamat matbuot anjumanida qatnashib, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob oling!

Manzil: 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy shoh ko‘chasi, 16 uy.

Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.