Tadbirkorlik subyektlariga statistika hisobotlarini taqdim etishda yanada qulay muhit yaratish hamda ko‘p sonli respondentlarning takliflarini inobatga olgan holda, taqdim etish muddati 2022- yil 18- fevral sanasi etib belgilangan quyidagi statistika hisobot shakllarini taqdim etish muddati 2022- yil 21- fevral (dushanba) (o'z ichiga olgan holda) sanasiga uzaytirildi:
1- qx (tashkilot) shakli “Qishloq xojaligi faoliyati to‘g‘risida 2021-yil uchun hisobot”;
1-eko (muhofaza) shakli “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida 2021-yil uchun hisobot”;
1-moliya shakli “Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda nomoliyaviy aktivlar to‘g‘risida 2021-yil uchun hisobot”;
12- moliya shakli “Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisobot”.
Shu bilan birga, Davlat statistika qo‘mitasi ushbu hisobotlarni belgilangan muddatdan kechimasdan taqdim etilishini respondentlardan so‘rab qoladi.