2025-yil 23-dekabr kuni, soat 10:00 da Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasida “Eng namunali statistika xodimi” tanlovining respublika bosqichi oʻtkaziladi.

Mazkur bosqichda tanlovning hududiy bosqichlarida gʻolib boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etadi.

Tanlov statistika organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning kasbiy salohiyati, masʼuliyati va tashabbuskorligini oshirish, ilgʻor ish tajribalarini aniqlash hamda ularni ommalashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

🔹 Baholash mezonlari:

rasmiy statistika sohasida qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarni bilish darajasi;

kasbiy bilim va koʻnikmalarni amaliyotda qoʻllay olish darajasi;

davlat tilini mukammal bilish;

raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish koʻnikmalari;

xorijiy tillarni bilish darajasi;

ish jarayonlarini takomillashtirish va soha faoliyatini yaxshilashga qaratilgan taklif va tashabbuslar;

Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlarini bilish;

xizmat odobi, oʻzini tutish, kiyinish madaniyati hamda fikrni aniq, ravon va tushunarli bayon eta olish qobiliyati.

📅 Sana: 23-dekabr, 2025-yil

⏰ Vaqt: soat 10:00

📍 Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi

1