Sizni Davlat statistika qo‘mitasi hamda UNICEF hamkorligida 2021- yil 16- iyun kuni soat 14:00da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad” mavzusida tashkil etiladigan matbuot anjumanida ishtirok etish uchun taklif etamiz! Agar Sizda mazkur mavzu yuzasidan batafsil ma`lumotga ega bo`lish hamda qo`mita faoliyatiga doir o`zingizni qiziqtirgan savollar bo`lsa, unda marhamat. Biz Siz bilan doimo muloqot qilishga tayyormiz. Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
Davlat statistika qo`mitasi Matbuot xizmati