26/03/2025

2025-yil 28-mart kuni soat 10:00 da Milliy statistika qo‘mitasida “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Matbuot anjumanida quyidagi masalalar bo‘yicha axborot beriladi:

  – “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmonning mazmun-mohiyati;

  – Milliy statistika tizimini takomillashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar;

  – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt asosida joriy etilayotgan yondashuvlar;

  – Tadbirkorlar va aholi uchun statistik ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari;

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar, marhamat matbuot anjumanida qatnashib, o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qiling!

 Manzil: Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 63-uy.

m