O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri axborot tizimini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun malakali mutaxassislarni tanlab olish yuzasidan konkurs o‘tkazish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
- tanlov ishtirokchisi axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha yetarli tajriba, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi;
- axborot tizimini Statistika agentligi markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmalari (zarurat bo‘lgan holda joyiga chiqqan holda) serverlariga o‘rnatish, sozlash va ishga tushirilishini tashkil etish;
- axborot tizimi ma’lumotlari ko‘plab tashqi ma’lumotlardan yig‘ilishini hisobga olgan holda, axborot tizimlari bilan integratsiya qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- kelgusida axborot tizimiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni mustaqil kiritish imkonini yaratish maqsadida, uni ishlab chiqish jarayonini Statistika agentligi xodimlari ishtirokida tashkil etilishi.
Ushbu talablarni qoniqtirish bo‘yicha asoslarni (portfolio, joriy etilgan va ishlab turgan loyihalar yoki axborot tizimlarini) tanlov ishtirokchisi tomonidan ko‘rsatib berish zarur.
Axborot tizimini ishlab chiqish.
- foydalanuvchilar interfeysini (frontend) React JS yoki Vue JS framework asosida ishlab chiqilishi, mazkur frameworklar asosida kamida 2 ta loyiha amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lishi kerak;
- axborot tizimining Backend qismi Django Rest Framework (DRF) asosida yaratilishi;
- ma’lumotlarning NumPy va Pandas kutubxonalari asosida qayta ishlash va tahlil qilish imkoniyatini yaratish;
- axborot tizimini debug qilish va tizim loglarini saqlash qismini ishlab chiqish;
- axborot tizimida topshiriqlarni navbatga qo‘yish imkoniyati Celery va RabbitMQ asosida yaratilishi;
- axborot tizimini integratsiya qilish va sinovdan (test) o‘tkazish Integration va Unit asosida amalga oshirilishi;
- yozilgan kodlarni hujjatlashtirish.
Axborot tizimini ishlab chiqishda dizaynerga qo‘yiladigan talablar:
- Veb-sayt va interfeys dizayni bo‘lgan portfolioga hamda kamida
1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- zamonaviy dizayn konsepsiyalarni bilishi va mustaqil tarzda kamida
2 ta loyiha ustida ishlagan bo‘lishi;
- UI/UX bo‘ycha izlanishlar olib borish va Figma dizayn vositasi bilan ishlay olish ko‘nikmasi;
- jamoa bilan kelishib ishlay olishi hamda mustaqil yechim bera olishlik ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
* Talabgor bilan hamkorlik fuqarolik huquqiy tusdagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
* To‘lov qiymati loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlardan kelib chiqqan holda kelishuv asosida belgilanadi.
* Talabgor tomonidan ishlab chiqilgan loyihalari bo‘lgan portfolio
15 kun muddatda This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron pochtasiga jo‘natilishi so‘raladi.