2024- yil 4-sentabrdan 9-sentabr kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:
5-sentabr
12-korxona shakli Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar
12-korxona (savdo) (12-korxona shakliga ilova) hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning
ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot
Hududiy alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxs bo‘lgan ulgurji, chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va ovqatlanish tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari)
12-korxona (xizmat) (12-korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot
Yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan tijorat tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari) hamda notijorat tashkilotlar
6-sentabr
12-korxona (sanoat) (12-korxona shakliga ilova) hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risidagi hisoboti
“Hududgazta’minot” AJ
Erkin iqtisodiy zona, maxsus ilmiy-texnologik zona, turistik-rekreatsion zona, erkin savdo zonasi, maxsus sanoat zonasi, kichik sanoat zonasi, texnopark ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxslar, klasterlar, ularning alohida bo‘linmalari (kichik tadbirkorlik subyektlarini qo‘shgan holda).
Eslatma: Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda).