2024- yil 22-31- yanvar kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:
25- yanvar:
1-qurilish (jismoniy) shakli Jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilgan turar joylarni va noturar binolarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida ____ -yil uchun hisobot.
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari
1-ijtimoiy yordam shakli ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish bo‘yicha ____-yil uchun hisobot.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi statistika organlariga.
29- yanvar:
4 invest (xorijiy) shakli O‘zbekiston respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va o‘zbekiston respublikasidan chet elga yo‘naltirilgan investitsiyalar to‘g‘risida hisobot
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar, chet eldan moliyaviy va nomoliyaviy mablag‘ olgan tashkilotlar, chet elga investitsiyalashni amalga oshiruvchi korxonalar, eksport (import) operatsiyalarini amalga oshirgan korxonalar (banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari)
30- yanvar:
1-internat shakli Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalar uchun ta’lim muassasasining ____-yil uchun hisoboti.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari – Statistika organlariga“SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi va boshqa idoralarning internat turidagi muassasalari hududlar bo‘yicha hisobotni – Statistika organlariga.
Eslatma: Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda).