O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 20- dekabrdagi PF– 35- son "2022- yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Farmoni hamda yaqinlashib kelayotgan “8- dekabr Konstitutsiya kuni bayrami” munosabati bilan, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2022- yil 10- fevralda qabul qilingan “2022- yil uchun Statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturi”ga muvofiq har payshanba kuni tashkil etiladigan narxlar kuzatuvlari 2022- yilning 9- dekabr kuniga ko‘chirilganligini, shu bilan birga, markaziy dehqon bozorlaridagi ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining miniml-maksimal narxlari to‘g‘risidagi ma’lumot 2022- yilning 9- dekabr kuni e’lon qilinishini ma’lum qilamiz.
07.12.2022- y.