Statistik maʼlumotlarni toʻliq qamrab olish va toʻplash maqsadida hamda koʻp sonli tadbirkorlik subyektlari takliflaridan kelib chiqib, shuningdek, statistik hisobotlarni onlayn taqdim etish boʻyicha yangilangan e-Stat-4.0 axborot tizimining joriy etilishini inobatga olgan holda, taqdim etish muddati 2022- yil 25- fevral sanasiga belgilangan 1-fx (yillik) shakli “Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida 2021- yil uchun hisobot” hamda 1-kb (qx) “Mikrofirma va kichik korxonaning qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida 2021- yil uchun hisoboti” statistika hisobot shakllarini taqdim etish muddati 2022- yil 4- mart sanasiga uzaytirilgan.
Shu bilan birga, 2022- yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toʻliq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida qoʻshimcha dam olish kunlari belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, shuningdek, qishloq xoʻjaligi boʻyicha statistika koʻrsatkichlari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning statistika hisobot maʼlumotlari asosida shakllanishini inobatga olib, 2021- yil uchun “Oʻzbekiston Respublikasida barcha toifadagi xoʻjaliklarda ishlab chiqarilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari toʻgʻrisida” hamda “Ovlangan baliqlar” boʻyicha statistik maʼlumotlarning eʼlon qilish muddati 2022- yilning 9- iyun kunigacha uzaytirildi.