Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha eʼlon qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish” nomli yillik tahliliy press-relizning 14-sahifasida natura shaklida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va oʻsish surʼatlari toʻgʻrisida maʼlumot keltirilgan.
Mazkur sahifada yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan 70 995,4 mln. kv.s. xajmga kichik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan 3 300,8 mln. kv.s. hajmlarni qoʻshgan holda jami
74 296,2 mln. kv.s. elektr energiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan.
“Sanoat ishlab chiqarishi” nomli yillik press-relizning
20-sahifasidagi 70 995,4 mln. kv.s. elektr energiyasi hajmi faqat yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan hajmlarni ifodalaydi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish” nomli yillik tahliliy press-relizning
14-sahifasida eʼlon qilingan 328 118 dona yengil avtomobillar sonida 20 941 dona maxsus yengil avtomobillarni qoʻshgan holda keltirilgan.
Ushbu maʼlumotlar “Sanoat ishlab chiqarishi” nomli yillik press-relizning 9-sahifasida yengil avtomobillar sonida maxsus yengil avtomobillarni qoʻshmagan holda 307 177 dona etib keltirilgan.
Ushbu keltirilgan maʼlumotlar Yalpi ichki mahsulot hamda ishlab chiqarishning umumiy xajmlarida toʻliq inobatga olingan.