Respondentlar diqqatiga!
2024- yil 1-15- fevral kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:
1- fevral:
1-mehnat shakli yil uchun mehnat hisoboti
Yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari (kichik korxona va mikrofirmalar, xususiy uy-joy egalari shirkatlari, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tashqari)
5- fevral:
12-korxona shakli tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar
12-korxona (savdo) (12-korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot
Hududiy alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxs bo‘lgan ulgurji, chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va ovqatlanish tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari)
12-korxona (xizmat) (12-korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot
Yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan tijorat tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari) hamda notijorat tashkilotlar
6- fevral:
12-korxona (sanoat) (12-korxona shakliga ilova) hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risidagi hisoboti
Statistika hisobotini taqdim etish muddatining so‘nggi kuni dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.
1-muzey shakli muzey faoliyati to‘g‘risida ____-yil uchun hisobot
Statistika hisobotini taqdim etish muddatining so‘nggi kuni dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.
1-teatr shakli Teatr faoliyati to‘g‘risida ____-yil uchun hisobot
Statistika hisobotini taqdim etish muddatining so‘nggi kuni dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.
1-konsert shakli konsert tashkilotlari va sirk jamoalari faoliyati to‘g‘risida__-yil uchun hisobot
Konsert tashkilotlari, statsionar va ko‘chma sirklar
1-pensiya shakli -yil 1-yanvar holatiga pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar to‘g‘risida hisobot
(IIV, DXX, MV, MG, FVV, DBQ) hududlar kesimida jamlanma hisobotni – Statistika organlariga
7- fevral:
1-madaniyat (bog‘lar) shakli Hayvonot bog‘i, botanika bog‘i, madaniyat va istirohat bog‘i faoliyati to‘g‘risida ____-yil uchun hisobot
Hayvonot bog‘lari, botanika bog‘i, madaniyat va istirohat bog‘lari
13- fevral:
1-ta’lim (maktabdan tashqari) shakli __-yil 1-yanvar holatiga maktabdan tashqari ta’lim tashkilotining hisoboti
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari Boshqa vazirlik va idoralarning maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, aholiga qo‘shimcha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotlar
15- fevral:
1-invest (asosiy) shakli Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida ___-yil uchun hisobot
Iqtisodiy faoliyatning barcha turlari bo‘yicha yuridik shaxslar, qurilish xo‘jalik boshqaruvi organlarini qo‘shgan holda (kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari va notijorat tashkilotlardan tashqari)
1-energo (gaz) shakli Tabiiy, suyultirilgan gazdan foydalanish bo‘yicha _-yil uchun hisobot “Hududgazta’minot” AJ
1-kom(shahar) shakli shahar aholi punktlarini obodonlashtirish to‘g‘risida __-yil uchun hisobot
Shahar hududlarida ko‘kalamzorlashtirish, yo‘l xo‘jaligi, ko‘chalarni yoritish, mexanizatsiya vositalari yordamida tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari)
1-kom (ichimlik suvi) shakli Ichimlik suvi bilan ta’minlash to‘g‘risida____-yil uchun hisobot
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari)
1-transport shakli Avtomobil, elektr (tramvay, metropoliten, trolleybus) transporti va xo‘jalik avtomobil yo‘llari uzunligi to‘g‘risida -yil uchun hisobot
O‘z balansida yoki ijaraga olgan avtomobillari va xo‘jalik avtomobil yo‘llari bo‘lgan yuridik shaxslar (notijorat tashkilotlar, kichik korxonalar va mikrofirmalardan tashqari) Elektr transportida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar
1-akt shakli Axborotlashtirish vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish to‘g‘risida ____-yil uchun hisobot
Yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, notijorat tashkilotlaridan tashqari)
Eslatma: Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda).